Mart–may oylarida buyurtma bering — 1-sentyabrga tayyor, 5% gacha chegirma

MARF

Biz haqimizda

Muhim insonga katta e’tibor

Shaxs hayotining eng muhim va katta qismi bo‘lgan ta’lim olish va ishlash jarayonidagi insonlarga o‘zlarini ayni bir jamoaga tegishli hamda boshqalardan ajralib turishlari uchun merchlar yaratish.

MARF jamoasi

Brend tarixi

Bir otaning e’tirozidan boshlangan

MARF asoschisi Muso Xidirovning farzandlari xususiy maktabda tahsil olgan. Maktab tarqatgan forma sifatidan — matoning qulayligi va estetikasidan — u qoniqmagan.

Forma tikuvchilarni izlab, bozorning bu yo‘nalishda hali to‘liq shakllanmaganini ko‘rdi. Xitoy bilan ishlash tajribasi va tekstil sohasidagi bilimlari bu imkoniyatni to‘g‘ri baholashga yordam berdi.

Natijada 2024-yilda MARF tashkil etildi — bolalar uchun zamonaviy va sifatli maktab formalari, korxonalar uchun esa merch ishlab chiqaruvchi brend.

10+

yil mato va tekstil tajribasi

94

tayyor model 2026 katalogida

3

to‘liq kolleksiya chizig‘i

100

dona — minimal buyurtma

Qadriyatlarimiz

Har bir qarorimiz shu beshtaga tayanadi

Qadriyatlar — kompaniya madaniyatining yuragi. Ular mijozlar, hamkorlar va xodimlar bilan munosabatimizni boshqaradi.

Halollik

Jamoaviylik

Rostgo‘ylik

Vatanparvarlik

Yangiliklarga ochiqlik

Logotip

To‘rt qirra — to‘rt asoschi

  • 01

    Sanoatda ishonchli yo‘l ko‘rsatuvchi Qutb yulduzi — kompas.

  • 02

    Yulduzning to‘rt qirrasi — kompaniyaning to‘rt asoschisi.

  • 03

    Simmetriya — asoschilar o‘rtasidagi muvozanat va hamkorlik.

  • 04

    Markazdagi romb — barcha sa’y-harakatlar birlashadigan yadro.

Loyihalar

Ular biz bilan ishladi

Katalogni ko‘rish
Target International School

Target International School

Toshkent · 480 komplekt · Okean

Boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun to‘liq mavsumiy komplekt. Logotip — kashta, chap ko‘krakda.

Cambridge Academy

Cambridge Academy

Samarqand · 310 komplekt · Klassik

Pidjak + ko‘ylak + shim/yubka. Bitiruv marosimi uchun alohida rasmiy chiziq.

Innovate School

Innovate School

Namangan · 220 komplekt · O‘rmon

Faol maktab hayoti uchun sport chizig‘i va qishki vetrovka.

MARF 1
MARF 2
MARF 3
MARF 4
MARF 5
MARF 6

Jamoangiz uchun formani birga tanlaymiz

Uchrashuv belgilaylik
Taklif olish